Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON NEFT-GAZ KORXONALARIDA INVESTISIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASINI O‘RGANISH'

O‘ZBEKISTON NEFT-GAZ KORXONALARIDA INVESTISIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
13
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moliyalashtirish / neft-gaz korxonalari / kredit reytinglari / qarz / davlat / OPEK / xalqaro neft-gaz kompaniyalari / diversifikatsiya / neft narxi / investision faoliyat / Financing / oil and gas companies / credit ratings / debt / government / OPEC / international oil and gas companies / diversification / oil price / investment activity

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Uzakov Barxayotjon Muxammadiyevich, Xoshimov Baxodirjon Muminjonovich

Mazkur maqolada neft-gaz korxonalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha xorij tajribasi tadqiq qilinib, tadqiqot ob’yekti hisoblangan “O‘zbekneftgaz” AJ investisiya faoliyatining hozirgi holati, neft-gaz korxonalarida kapital tarkibi va samaradorligi tahlili, korxona va uning tizimidagi tarmoq korxonlari tomonidan so‘nggi yillarda jalb qilingan investitsiyalar samaradorligi tahlili amalga oshirilgan. Ma’lumki, neft-gaz sanoatida investisiya faoliyatini amalga oshirganda, u yoki bu loyihani moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqishdan avval barcha ishtirokchilar manfaatlari muvozanatiga erishish, bundan tashqari mamlakat neft-gaz sanoatining o‘ziga xosligini ko‘zda tutish, sohada kuzatilayotgan tendensiyalar, majmuaning investitsion jozibadorligini belgilab beruvchi asosiy omillar, va umuman investitsiyalash jarayonini tashkil etishning barcha asosiy mexanizmlarini aniq tushunish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF FOREIGN EXPERIENCE ON FINANCING INVESTMENT PROJECTS IN OIL AND GAS ENTERPRISES OF UZBEKISTAN

In this article, the foreign experience of financing investment projects in oil and gas enterprises is researched, the current state of investment activities of JSC "Uzbekneftgaz", which is the object of the study, the analysis of the capital structure and efficiency of oil and gas enterprises, by the enterprise and branch enterprises in its system. An analysis of the efficiency of investments made in recent years has been carried out. It is known that when investing in the oil and gas industry, before considering the issue of financing one or another project, it is necessary to balance the interests of all participants, in addition, to take into account the uniqueness of the country's oil and gas industry, trends observed in the field, it is necessary to clearly understand the main factors that determine the investment attractiveness of the complex, and all the main mechanisms of organizing the investment process in general.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON NEFT-GAZ KORXONALARIDA INVESTISIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASINI O‘RGANISH»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

O'ZBEKISTON NEFT-GAZ KORXONALARIDA INVESTISIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH BO'YICHA XORIJ TAJRIBASINI

O'RGANISH

I

Kirish. So'nggi yillarda pandemiya davri va geosiyosiy nobarqarorlik fonida xalqaro kapital migratsiyasida sezilarli o'zgarishlar kuzatilmoqda. Natijada raqobatbardosh talab zonasi hisoblangan yoqilg'i-energetika, xususan neft-gaz korxonalarida, investisiya takliflari salmog'i amaldagi real ehtiyoj hajmidan ancha pastligi kuzatilmoqda [3]. Yoqilg'i-energetika yo'nalishidagi xorijiy korxonalarda xom ashyo qazib olish sanoatidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirish tendensiyasi hali hanuz ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoatidan ustunlik qilmoqda. Bu esa o'z navbatida, nafaqat fan va texnologiyalar ilg'or yechimlarini amaliyotga qo'llash darajasining talabga nomuvofiqligi, balki zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlaridan oqilona foydalanilmayotganligi bilan ham izohlanadi. Bundan tashqari jahon tajribasi va tarixiy tendensiyalarni o'rganish, loyihalarni moliyalashtirishda mamlakatda mavjud sharoitlarga moslashtirilgan, jahon amaliyotida

Uzakov Barxayotjon Muxammadiyevich,

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti barhayotuzoqov@gmail .com

Xoshimov Baxodirjon Muminjonovich,

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti bxoshimov89@gmail.com

sinovdan o'tgan neft va gaz loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini (byudjet

moliyalashtirishi, korporativ moliyalashtirish, loyihaviy moliyalashtirish va hokazo) qo'llash, eng samarali vositalardan foydalanish muhim. Shundan kelib chiqqan holda xalqaro amaliyotda neft va gaz sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishning asosiy turlari va shartlari hamda ularning mexanizmlarining vaqt o'tishi bilan rivojlanishi masalalari ham mazkur maqolada ko'rib chiqilgan. O'zbekiston Respublikasida neft va gaz loyihalarini moliyalashtirish holati tavsif qilinar ekan, so'nggi besh yil davomida ushbu yo'nalishda jalb etigan investitsiyalar hajmlari, manbalari, ularga ta'sir etuvchi omillar tahlili yuritilgan. Maqolada shuningdek, investisiya loyihalarini

moliyalashtirishning turli ta'riflari, uning asosiy tushunchalari, xarakterli xususiyatlari va o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Bir qator xorijiy

151

Annotatsiya: Mazkur maqolada neft-gaz korxonalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo'yicha xorij tajribasi tadqiq qilinib, tadqiqot ob'yekti hisoblangan "O'zbekneftgaz" AJ investisiya faoliyatining hozirgi holati, neft-gaz korxonalarida kapital tarkibi va samaradorligi tahlili, korxona va uning tizimidagi tarmoq korxonlari tomonidan so'nggi yillarda jalb qilingan investitsiyalar samaradorligi tahlili amalga oshirilgan. Ma'lumki, neft-gaz sanoatida investisiya faoliyatini amalga oshirganda, u yoki bu loyihani moliyalashtirish masalasini ko'rib chiqishdan avval barcha ishtirokchilar manfaatlari muvozanatiga erishish, bundan tashqari mamlakat neft-gaz sanoatining o'ziga xosligini ko'zda tutish, sohada kuzatilayotgan tendensiyalar, majmuaning investitsion jozibadorligini belgilab beruvchi asosiy omillar, va umuman investitsiyalash jarayonini tashkil etishning barcha asosiy mexanizmlarini aniq tushunish kerak.

Kalit so'zlar: Moliyalashtirish, neft-gaz korxonalari, kredit reytinglari, qarz, davlat, OPEK, xalqaro neft-gaz kompaniyalari, diversifikatsiya, neft narxi, investision faoliyat.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

mamlakatlar, jumladan, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari, Amerika Qo'shma Shtatlari, Rossiya, Norvegiya kabi neft va gaz sanoati nisbatan kengroq rivojlangan davlatlar misolida neftgaz korxonalarida investisiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari taqqoslama tahlil asosida ko'rib chiqilgan. Birgina Rossiya Federatsiyasi misolida turli sabablarga ko'ra neft va gaz sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi qarzlar (xalqaro moliya institutlari) doirasida olingan mablag'larni ham davlatlararo olingan kafolatlangan resurslarni ham yo'naltirilishini sezilarli ravishda kamayganini ko'rish mumkin [2]. Buning sabablari tahlil qilinganda davlat yoki kafolatgangan qarz mablag'larini tijorat loyihalariga emas, balki eng birinchi navbatda, ijtimoiy soha, kommunal xo'jalik va shunga o'xshash sohalarga yo'naltirilganligi bilan izohlash mumkin bo'ladi.

Material va metodlar. Neft-gaz korxonalarida investitsion faoliyat jarayonlari, loyihalarni moliyalashtirish uslubiyotini takomillashtirish ko'plab xorijiy olimlar, xususan, A.Ansoff, B.Kingston, P.Druker, J.Shumpeter, M.Gregory, R.Kjell, R.Nash va boshqalarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Mustaqil davlatlar ham do'stligi mamlakatlarida sanoat tarmoqlari investisiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari Abalkin A.I., Anchishkin A.I., Blyaxman L.S., Valdaysev S.V. va boshqa olimlar tomonidan ko'rib chiqilgan. O'zbekistonlik olimlardan Xodiyev B.Yu., Berkinov. B.B., G'ulomov S.S., Maxmudov M.N., Mahkamova M.A., Qodirov A.M., Saidov M.X., Rasulev A.F. va boshqalar tomonidan respublika iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalari investisiya loyihalarini moliyalashtirish, investitsion faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-uslubiy, iqtisodiy mexanizmlarini tadqiq etishga bag'ishlangan ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yuqoridagi tadqiqot ishlarida neft-gaz korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning umumiy standarga ega bo'lgan omillari tadqiq etilgan bo'lib, investision qarorlarni qabul qilishda nostandart omillar bilan bog'liq jarayonlar hisobga olinmagan.

Natijalar. Rivojlangan va o'tish davri (rivojlanayotgan) iqtisodiyotlarda investisiya loyihalarini moliyalashtirish usullari biznesni yuritish

bilan bog'liq risklar doirasi va darajasi bo'yicha sezilarli darajada farqlanadi. O'tgan asrning 70-yillari boshlarigacha rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko'pchilik neft va gaz loyihalari xalqaro neft kompaniyalari tomonidan ichki pul oqimlari yoki korporativ moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilar edi (1-rasm). Bunday moliyalashtirish tuzilmasi o'sha davrda xalqaro neftgaz kompaniyalarining xalqaro neft biznesidagi ustun roliga mos keladi (suyuq yoqilg'ining xalqaro savdosi tashkiliy tuzilmasi doirasida jahon neft bozori rivojlanishining birinchi va ikkinchi bosqichlariga muvofiq).

Ichki pul oqimi

1-rasm. Xorijiy davlatlarda 1970-yillarga qadar bo'lgan davrda neft-gaz loyihalarini moliyalashtirish sxemasi [5].

Ko'pgina xalqaro neft-gaz kompaniyalari qarzning o'z kapitaliga nisbati past edi, shuning uchun ular odatda 1960-1970 yillar oxirigacha bo'lgan davrda konlarni qidirish va o'zlashtirishni moliyalashtirish uchun tashqi qarzga muhtoj emas edilar. Asosiy rivojlanayotgan mamlakatlarda (kelajakdagi OPEK a'zo davlatlari) ochilgan konlarning katta hajmlari va ularning paydo bo'lishi uchun qulay tabiiy sharoitlar tufayli nisbatan kapital talab qilmaydigan operatsiyalar edi. Agar qarz kapitaliga o'tish zarurati tug'ilsa, xalqaro neft-gaz kompaniyalari o'zlarining yuqori kredit reytinglari tufayli, odatda korporativ byudjetlarning doimiy ortiqchaligi tufayli korporativ moliyalashtirishda past foiz evaziga va uzoq muddatga o'zlarining asosiy mamlakatlarida zarur mablag'larni osonlik bilan oldilar. Aksariyat rivojlanayotgan

152

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

mamlakatlarda neft qazib olish xalqaro neft-gaz kompaniyalari filiallari tomonidan amalga oshirilgan, shuning uchun bosh kompaniyalar zarur qarz mablag'larini bosh mamlakatlarda pastroq foiz stavkasida olib, ularni korporativ ichidagi kanallar orqali qarzni to'ldirish uchun kerakli mintaqaga o'tkazishlari mumkin edi. Shu bilan birga mahalliy bozorda moliyalashtirish, agar u umuman bo'lsa, ancha qimmatga tushadi. Bu qarzni moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirishning qo'shimcha omili bo'ldi. 1970 yillarda neftni eksport qiluvchi va import qiluvchi davlatlar hukumatlari neft biznesida faol ishtirok eta boshladilar: qabul qiluvchi mamlakatlarda (neft ishlab chiqaruvchi - kapital import qiluvchi mamlakatlar) -suveren tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kengroq nazoratni ta'minlash maqsadida va neft-gaz kompleksida ham bilvosita, ham bevosita ishtirok etish orqali ularni ekspluatatsiya qilishdan davlat daromadlarini ko'paytirish, mahalliylashtirish maqsadida; neft import qiluvchi mamlakatlarda, neft ta'minoti xavfsizligi bilan bog'liq xavotirlarni bartaraf etish uchun. Import qiluvchi mamlakatlarning savdo va to'lov balansi uchun salbiy oqibatlarini, neft narxining ko'tarilishi oqibatlarini kamaytirish istagi import qilinadigan (asosan OPEK) neftni mahalliy neft bilan almashtirishga urinishlarga aylandi, buning uchun neft va gazni qidirish va qidirish ishlari olib borildi.

2 - rasm. Xorijiy davlatlarda 1970-1980 -yillarda neft-gaz loyihalarini moliyalashtirish sxemasi [5].

Shunga ko'ra, neft va gaz loyihalari xalqaro neft-gaz kompaniyalari tomonidan moliyalashtirish bilan bir qatorda davlat byudjetidan ham, rasmiy kreditlardan ham qo'shimcha moliyalashtira boshladi.

Davlat mablag'larining katta qismi o'sha paytda o'sib borayotgan milliy/davlat neft kompaniyalariga investitsiyalar, shuningdek, davlat tomonidan qo'llab quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalarga to'g'ridan-to'g'ri davlat

investisiyalari va/yoki qarzni moliyalashtirish (davlat moliya institutlarining imkoniyatlaridan foydalanish va kreditni qo'llab quvvatlashning boshqa shakllari) orqali kiritilgan (2-rasm). O'tgan asrning 70 yillari - 80 yillarining birinchi yarmida xalqaro neft-gaz kompaniyalari, xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar va tijorat banklari neft loyihalarini faol ravishda moliyalashtirish yoki investisiya qilishga tayyor edilar: tijorat institutlari - neft narxining ko'tarilishi/yuqorilashi oqibatida ularga kiritilgan investisiyalarning yuqori rentabelligi sababli manfaatdor bo'lgan bo'lsa; neft import qiluvchi mamlakatlarning davlat institutlari - milliy energetika xavfsizligini ta'minlash (o'sha paytda bu davlatlarning energetik mustaqilligi deb tushunilgan) va import ta'minotiga qaramlikni kamaytirish maqsadida; neft eksport qiluvchi davlatlarning davlat institutlari -ularning yangi tashkil etilgan (xalqaro neft-gaz kompaniyalari neft-gaz konlari aktivlarini milliylashtirish to'lqini bo'yicha) milliy / davlat neft kompaniyalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida; xalqaro moliyaviy institutlar (ayniqsa, Jahon banki va uning filiallari kabi xalqaro rivojlanish institutlari) -neftning ishonchliligi, barqarorligi va uzluksiz ta'minlanishini ta'minlash, jahon iqtisodiyotining ilg'or va samaraliroq rivojlanishini ta'minlash maqsadida bu operatsiyalardan manfaatdor bo'lishgan. Biroq, 1980 yillarning ikkinchi yarmi va 1990 yillarning boshlarida ushbu institutlarning deyarli barchasi neft loyihalarini moliyalashtirishda o'z moliyaviy zaxiralarini tugatdi. Buning asosiy sababi 1980 yillarning birinchi yarmidagi pasayish va 1986 yilda neft narxining qulashi va keyinchalik neft loyihalariga investisiyalarning jozibadorligini keskin pasaytirgan va xalqaro neft-gaz kompaniyalari moliyaviy ahvolini yomonlashtirgan "ancha sekin" narx muhiti edi. Bundan tashqari, o'sha davrda jamiyatning ekologik muammolarga e'tiborining kuchayishi ekologik talablarning keskinlashishiga va

153

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

tegishli xarajatlarning oshishiga olib keldi. Natijada, xalqaro neft-gaz kompaniyalari investisiya loyihalarini moliyalashtirishning standart mezonlarini qayta ko'rib chiqishga va yanada qattiqroq cheklovlarni joriy etishga majbur bo'ldi. Ya'ni, xalqaro neft-gaz kompaniyalari moliyalashtirish maqsadlarini tanlashda ko'proq tanlovli bo'lib, loyiha tavakkalchiligini taqsimlash va o'zini o'zi qoplash muddatlarini qisqartirishga ko'proq ustunlik beradi. Shu va boshqa ko'plab sabablarga ko'ra, jumladan, mezbonlik huquqini oshirishga qaratilgan siyosiy sabablarga ko'ra xalqaro neft-gaz kompaniyalari loyihalarga keng doiradagi hamkorlarni, jumladan, mahalliy kompaniyalarni jalb qila boshladi. Bozor rivojlanishining ushbu bosqichida loyiha ishtirokchilari sonining ko'payishi, qat'iyroq mamlakat cheklovlari va kredit qobiliyati past bo'lgan ishtirokchilarni ushbu sxemalarga jalb qilish tufayli loyihalarni moliyalashtirish sxemalarining murakkablashishiga olib keldi. 1990 yillarning boshidan neftni eksport qiluvchi va import qiluvchi ko'pchilik davlatlar neft va gaz sohasiga o'z ishtirokini va byudjet mablag'larini kiritishni cheklay boshladilar, bu esa xususiy investorlarni neft va gaz loyihalarini moliyalashtirishni rag'batlantirishni afzal ko'rdi. Bozorning rivojlanishi shunday bosqichga yetdiki, ichki neft ta'minotini ko'paytirish davlatning ustuvor vazifasi - bozor iqtisodiyoti doirasida jahon bozorining o'zi, unda shakllangan mexanizmlar va to'plangan ishlab chiqarish darajasi tufayli yetkazib berishni diversifikatsiya qilish suyuq yoqilg'iga talabning har qanday o'sishini arzon narxlarda va har qanday geografik nuqtaga etkazib berishning etarli ishonchliligi bilan ta'minlashga muvaffaq bo'ldi (neft biznesining tez o'sib borayotgan xalqarolashuvi va globallashuvi sharoitida energiya xavfsizligi. bu davr davlatlarning energetik o'zaro bog'liqligi bilan bog'liq bo'ldi) [9]. Shu bilan birga, xususiy sektor samarali ishlayotgan iqtisodiy faoliyat sohalarida davlatning bevosita ishtirokini cheklashning barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda. Natijada, neft va gaz loyihalarini moliyalashtirish, jumladan, turli davlat va xususiy moliya institutlarining ishtiroki tufayli murakkablashdi. Bunday shakldagi moliyalashtirish

sxemasidan davlat qarz mablag'lari (suveren kafolat ostida), xususiy aksiyadorlik kapitali (boshqa homiylar mablag'lari, xalqaro fond bozori, investisiya jamg'armalari, Xalqaro moliya korporatsiyasi, mintaqaviy rivodjlantirish banklari), xususiy ulushli moliyalashtirish (xalqaro tijorat banklari, obligatsiyalar bozorlari, yetkazib beruvchilar tovar kreditlari, maxsus energetika jamg'armalari, mahalliy tijorat banklari va hokazo) kabi sub'yektlar ham o'rin oldi.

Munozara. Shu kunlarda neft-gaz kompaniyalari neft va gaz sohasidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun barcha mavjud moliyaviy vositalardan foydalanmoqda. Ularning eng yiriklari kam byudjetli neft loyihalarini o'z resurslaridan foydalangan holda moliyalashtirishni afzal ko'rishadi, agar kerak bo'lsa, korporativ qarz olishga murojaat qilishadi, bu ba'zi hollarda eng yuqori kredit reytingiga ega bo'lgan xalqaro neft-gaz kompaniyalari uchun qarz loyihalarini moliyalashtirishdan ko'ra arzonroq bo'lishi mumkin. Biroq, so'nggi yillarda bozorda paydo bo'lgan va o'zini namoyon qilgan ko'plab kichik kompaniyalarning kapitallashuvi, byudjet profisiti, o'z resurslaridan kreditlash limitlari va kredit reytinglari unchalik yuqori emas. Bunday holda, loyihaning reytingi kompaniyaning reytingidan yuqori bo'lishi mumkin, bu esa korporativ qarzlarga nisbatan loyiha qarzlarining past narxini ta'minlaydi. Hatto neft gigantlari ham megaloyihalar bilan shug'ullanayotganda loyihalardan qarz olishni afzal ko'rishadi, sababi: - mamlakat cheklovlariga duch kelish (masalan, biznes mamlakatlaridan birida mumkin bo'lgan yo'qotishlar xavfi kompaniya uchun juda yuqori bo'lsa yoki ushbu mamlakat uchun belgilangan chegaralardan oshib ketganda); - ularning hamkorlari korporativ moliyalashtirish shartlari bo'yicha zarur mablag'larni to'play olmaydigan kompaniyalardir. Hozirda qazib olish yo'nalishida neft va gaz loyihalarida xususiy kapital va xususiy qarzni moliyalashtirish manbalarining o'zaro nisbati taxminan 20-40 foizdan 60-80 foizgacha [8]. Alohida olingan xorijiy davlatlarda neft-gaz korxonalari investisiya loyihalarini moliyalashtirish tizimi tahlil

154

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

qilganda quyidagilar namoyon bo'ldi. AQSHning zamonaviy yirik neft kompaniyalari tadqiqot va rivojlantirish markazlariga eta bo'lib, investision jarayonlarda ularning asosiy vazifasi texnologik yangiliklarni yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etishdan iborat. Bugungi kunda aynan shu kompaniyalar o'z faoliyat sohasida yetakchi bo'lib, sohaning texnologik rivojlanishini belgilab beradi. Dunyo neft-gaz zaxiralari va ularni qazib olish borasida Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari tajribasi alohida tadqiqot yo'nalishi sifatida o'rganilishi maqsadga muvofiq. Ushbu holatni mintaqaning neft-gaz qazib olish buyicha dunyoda yetakchi o'nlikka kirganligi va neft-gaz sanoatida qazib olish jarayonining to'liq mahalliylashtirilganligi bilan asoslash mumkin. Shu bilan birgalikda bugungi kunda Yaqin Sharqdagi neft eksport qiluvchi mamlakatlar transmilliy korporatsiyalar va yirik xalqaro moliya institutlari orqali G'arb iqtisodiyotiga investisiyalarni kiritishga muvaffaq bo'lishmoqda. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari neft-gaz korxonalari investisiya siyosatida strategik yo'nalishlaridan biri bu chet el neft kompaniyalari aktivlarini sotib olish orqali neftni qayta ishlash va neft maxsulotlarini chet ellarda sotish uchun infratuzilmani yaratish hisoblanadi [10]. Neft mahsulotlarida narx tebranishlari amplitudasining kattaligi byudjet xarajatlarini rejalashtirish imkoniyatini qiyinlashtiradi. Bu esa mamlakatda istiqbol rejalarni ishlab chiqishda, axoli daromadlari va ijtimoiy soxa rivojlanishini bashoratlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. "Bevosita davlat ishtiroki orqali investisiyalarni jalb etishga yo'naltirilgan amaliy islohotlarni joriy etishda Norvegiya tajribasi alohida axamiyatga ega. Neft-gaz sanoati Norvegiya yalpi ichki mahsuloti tarkibida eng katta ulushni egallaydi. Ushbu soha mamlakatning yirik daromad manbai, texnologik-innovasion rivojlanishning muhim omili hisoblanadi" [1]. Norvegiya xukumati neft-gaz soxasida uzoq muddatli rejalashtirish tizimiga asoslangan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Davlat neftgaz soxasidagi burg'ulash, yangi konlarni o'zlashtirish trasportirovka tizimini tashkil etishga yo'naltirilgan barcha investision loyihalarni amalga oshirilishini nazorat

qilib boradi. Norvegiya energetika va neft-gaz vazirligi neft-gaz sohasining investision faoliyat samaradorligini ta'minlashda ma'sul davlat organi hisoblanadi.

2018-2023 yillarda "O'zbekneftgaz" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyixalar bo'yicha investitsiyalarni o'zlashtirish to'g'risida ma'lumot [7]

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'zlashtirilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar va kreditlar asosan uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash yo'nalishlariga kiritilgan bo'lib, geologiya qidiruv ishlari va burg'ilash ishlariga ham investisiyalar qayd etilgan [6]. Davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlar asosan Sho'rtan gaz-kimyo kompleksi negizida tozalangan metandan suyultirilgan uglevodorodlarni olish (GTL) loyihasiga yo'naltirilgan. O'rganilayotgan davr (2018-2022 yillarda) mazkur davrda "O'zbekneftgaz" AJ kapitali tarkibida yo'naltirilgan yalpi investisiyalar, ularning moliyalashtirish manbaalari bo'yicha taqsimoti, shu jumladan xorijiy investisiya va kreditlar hajmi dinamikasini tahlil qiladigan bo'lsak, unda yillar davomida tizimli izchillik kuzatilmasligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bu fikrimizcha bir qator ichki va tashqi omillarga bog'liq, xususan tarmoqda amalga oshirilgan tarkibiy o'zgarishlar, korxonada moliyaviy menejmentni tashkil etishda yuzaga kelgan o'zgarishlar, ma'lum davrlarda alohida yirik sanoat

155

Ko'rsatkichlar Jami 2018 yU 2019 У« 2020 У" 2021 У« 2022 У" 2022 y il 2018 yilga nisbatan foiz

InvistitsiyaLarni o'zlashtirish 8 730,2 2 331,2 3 250,9 1 440,3 1 052,6 655,2 28,1

O'z mablag'laridan 1 570,1 548,7 281,4 198,2 242,1 300,0 54,6

O'z RTTJ mablag'laridan 16,5 - 16,5 - - - -

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy invistitsiyalar va kreditlar 4 220,3 952,5 1 887,1 215,0 810,5 355,2 37,2

Tijorat bank kreditlari 30,9 - - 30,0 - - -

Davlat kafolati ostida xorijiy invistitsiya va kreditlar 2 893,0 830,0 1 066,0 997,0 - - -

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

ob'yektlarining ishga tushirilishi, tarmoq korxonalarining moliyaviy nobarqarorligi, xom ashyo zaxiralari bilan mutanosiblik va hokazo [4]. So'nggi yillarda "O'zbekneftgaz" AJ tomonidan bevosita va bilvosta amalga oshirilgan investisiya loyihalarida o'z mablag'laridan moliyalashtirish, loyihaviy moliyalashtirish, davlatning suveren kafolati ostida moliyalashtirish kabi yo'nalishlar ustuvor ahamiyat kasb etgan. Ta'kidlash joizki, investisiyalarning faqat son tarkibi emas, balki sifat tarkibini belgilab olish ham pirovard natijada tarmoqning iqtisodiy jihatda barqarorligiga olib kelishi ma'lum. 2018 yilgacha bo'lgan davrda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni zarur resurslar bazasi bilan ta'minlash yetarli darajada bo'lmaganligi keyinchalik undan keyingi besh yillikda ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi.

Xulosa. Respublikamizda shu yillarda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari, ularni moliyalashtirish holati, kapital tarkibini tahlil qilar ekanmiz, unda davlatning bevosita va bilvosita ishtirokida moliyalashtirish usullari ustun mavqega ega bo'lib borayotganini ko'rish mumkin. 2018-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining davlat Investitsiya dasturi doirasida "O'zbekneftgaz" AJ tomonidan jami 8,7 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiyalar, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 4,2 mlrd AQSH dollari o'zlashtirildi. Yillar davomida investisiyalar hajmida kuzatayotgan o'zgarishlar tahlili shuni ko'rsatadiki kuzatilayotgan besh yillikning o'ziga xos "yuqori nuqtasi" bo'lgan 2019 yilda investisiyalar hajmi 3,9 mlrd. AQSH dollariga teng bo'lgani holda 2022 yilda ularning miqdori 0,6 mlrd.dollarni tashkil etgan. 2018-2022 yillarda "O'zbekneftgaz" AJning investision faoliyatida kapital tarkibi tahliliga muvofiq korxonaning o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirish ulushi o'rtacha 23,5 foizdan 45,8 foizgacha ortgan. Shuningdek, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 952,5 mln. AQSH dollaridan, 355,2 mln. AQSH dollarigacha pasaygan. Shu bilan birga, ushbu ko'rsatkich jami investisiyalarga nisbatan foiz xisobida o'rtacha 40,9 foizdan 54,2 foizgacha ortgan. O'z navbatida, 2022

yilda davlat tomonidan kafolatlangan xorijiy kreditlar, O'zRTTJ mablag'lari va tijorat banklari hisobidan moliyalashtirish qayd etilmagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Азиева Р.Х. Зарубежный опыт управления нефтяным комплексом / Р.Х. Азиева // С. 189-195.

2. Абалкин Л. И. Новый тип экономического мышления. - М.: Экономика, 1987, 189с

3. А.А.Конопляник. «Основные виды и условия финансирования инвестиционных проектов в нефтегазодобывающей промышленности». - Учебное пособие по курсу «Эволюция международных рынков нефти и газа». - М.: РГУ нефти и газа им.И.М. Губкина,2009. - 62 с.

4. Umurzoqov J.Sh., Bakiyeva I.A. Ichki va global integratsiya jarayonlarida O'zbekiston neft-gaz sanoati korxonalari transformatsiyasi. "Agro biznes inform" iqtisodiy-ijtimoiy, ilmiy ommabop jurnali (3) 5 2022, ISSN 2010-9024, 139 b.

5. J. Umurzoqov. Improving the methodology of investment activities of oil and gas enterprises. Mathematical Statistician and Engineering Applications. Vol. 71 No. 4 (2022). ISSN: 2094-0343 2326-9865. http://philstat.org.ph

6. "O'zbekneftgaz" AJning rasmiy axborot sayti www.ung.uz statistik ma'lumotlari.

7. Hossein Razavi. Financing Energy Projects in Emerging Economies. - PennWell Publishing Company, Tulsa, Oklahoma, 1996, 288 pp.

8. V.N.Shenayev, B.S.Irniyazov. Проектное кредитование. Зарубежный опыт и возможности его исползования в России. - Moсква, Изд-во AO "Koнсалтбанкир", 1996.

9. J.Sh.Umurzoqov. Neft-gaz korxonalarining investisiya faoliyati: nazariya va amaliyot. Monografiya. - Toshkent: "Chinor fayzi baland" nashriyoti, 2023. - 148 b.

156

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.