Научная статья на тему 'Konus setkali chang tozalovchi qurilma uchun chang namunalarining dispers tarkibi taxlili'

Konus setkali chang tozalovchi qurilma uchun chang namunalarining dispers tarkibi taxlili Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
49
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Al-Farg’oniy avlodlari
Область наук
Ключевые слова
Siklon / changli havo / ventilyator / konus setka / dispers / biologik / Cyclone / dusty air / fan / cone mesh / dispersed / biological

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Xomidov Xushnudbek Rapiqjon o‘g‘li, Nurmatov Sardorbek Xasanboy o‘g‘li, Yo’ldashev Bilol Iqboljon o‘g‘li, O‘lmasov Farrux Yorqinjon o‘g‘li

Ushbu maqolada konus setkali chang ushlovchi qurilma uchun chang namunalarining dispers tarkibi taxlili ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of the dispersed composition of dust samples for a cone-shaped dust cleaning device

In this article, the analysis of the dispersed composition of dust samples for a conical dust collector is considered.

Текст научной работы на тему «Konus setkali chang tozalovchi qurilma uchun chang namunalarining dispers tarkibi taxlili»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

Konus setkali chang tozalovchi qurilma uchun chang namunalarining dispers tarkibi tahlili

Xomidov Xushnudbek Rapiqjon o'g'li,

Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

assistenti,

xomidovxushnudbek207@gmail.com

Nurmatov Sardorbek Xasanboy o'g'li,

Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

assistenti,

sardornurmatov51@gmail.com

Yo'ldashev Bilol Iqboljon o'g'li,

Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

assistenti,

bilolxonyuldashev462@gmail.com

O'lmasov Farrux Yorqinjon o'g'li,

Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

assistenti,

tmj farruxulmasov@gmail. com

IAnnotatsiya. Ushbu maqolada konus setkali chang ushlovchi qurilma uchun chang namunalarining dispers tarkibi taxlili ko'rib chiqilgan.

II Kalit so'zlar.Siklon,changli havo,ventilyator, konus setka, dispers, biologik mikroskop.

KIRISH

Hozirgi vaqtda paxta tozalash sanoatida paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonlarida ko'p miqdorda chang hosil bo'ladi. Natijada atrof muhitga katta zarar yetkazadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish binolari havosining chang bilan ifloslanishi u yerda mehnat qilayotgan ishchilarning sog'lig'iga katta ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi kunda paxta tozalash zavodlarida atrof-muhit nuqtai nazaridan changlarni tozalash uchun bir bosqichli va ikki bosqichli chang tozalash uskunalari qo'llaniladi. Paxta tozalash korxonalarining changlari ventilyator yordamida so'rilib, siklonlarga yuboriladi, ular orqali tozalanib atmosferaga chiqariladi. Paxta tozalash korxonalarida siklonlarning tozalash samaradorligi 60-85% ni tashkil qiladi [4]. Siklonlarda atmosferaga juda kichik (1,0-10,0 mkm) chang zarralari ushlanmasdan chiqib ketadi. Paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish binolarida havodagi chang miqdori me'yori 10 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Atmosferaga chiqariladigan changli havo esa 300-350 mg/m3 ni tashkil qiladi. Bundan ko'rinadiki korxonada chang konsentrasiyasi me'yoridan ancha yuqori.

Ushbu ishda tavsiya etilgan konus setkali ho'l usulda chang tozalovchi qurilmaning tozalash samaradorligini belgilashda va maqbul qiymatlarni aniqlashda changning dispersion tarkibini aniqlash muhim ahamiyatga ega [1,2,3,5]. Shu maqsadda Farg'ona viloyatidagi Beshariq paxta tozalash korxonasining sexlaridan siklon yordamida tozalanib atmosferaga tashlanayotgan chang namunalari dispersion tarkibi bo'yicha tahlil qilindi.

Paxta zavodidagi siklonda changlarini tozalash jarayonida ushlangan chang na'munalari siklondan olinib laboratoriya tarozisida 500 gramm tortib olindi va tarkibidan paxta tolalari organik aralashmalar ajratib olindi (1-rasm).

66

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

A-changdan B-mineral va

ajratib olingan paxta organik changlar tolasi

1-rasm. Siklondan olingan chang na'munalari

Bu changlarning dispersion tarkibi va o'lchamlari bo'yicha taqsimlanishi ikki bosqichda: 1-elak yordamida va 2-mikroskopiya usulida laboratoriya tahlillari o'tkazildi.

Birinchi bosqichda siklondan ajratilgan changlar RETSCH-DIN-ISO 3310/1 markali saralovchi laboratoriya elagida 10 bosqichli saralashdan o'tkazildi (2-rasm). Elak setkalarining o'lchami 850, 600, 425, 250, 125, 100, 75, 53 mkm gacha tanlandi. Olingan natijalar asosida changlar foizlar hisobida fraksiyalarga ajratildi (1.1-jadval).

1.1-jadval

2-rasm. RETSCH-DIN-ISO 3310/1 markali saralovchi elak laboratoriya qurilmasi.

Olingan natijalar asosida changlar foizlar hisobida fraksiyalarga ajratildi. Quyida paxta changi namunalarining tuyilgandan keyingi laboratoriya tahlili natijalari keltirilgan (1.2-jadval).

1.2-jadval

Tuyilgan holatdagi chang namunasining

elak ahlili

№ Chang o'lchami (mikron) Chang massasi (g) Jami changning necha foizini tashkil etishi

1 0>1 10 2%

2 1>3 25 5%

3 3>5 45 9%

4 5>10 175 35%

5 10>20 190 38%

6 20>40 40 8%

7 40>60 15 3%

Uchinchi bosqichda changlarning dispers tarkibini aniqlash uchun optik mikroskopiya usulidan foydalanildi. Zarrachalarning biologik mikroskopdagi tahlili nisbiy xatoligi ±1,5%. O'lchamlarning o'rtacha qiymatga keltirishdagi nisbiy xatoligi ±3,4%.

Chang namunasining elak tahlili

№ Chang o'lchami Chang massasi 500 Foizli ulushi %

(mikron) (g)

1 850 dan katta 151,47 30,29

2 850>600 76,97 15,39

3 600>425 59,68 11,93

4 425>250 69,89 13,97

5 250>150 55,93 11,18

6 150>125 19,15 3,8

7 125>100 23,25 4,6

8 100>75 19,96 3,99

9 75>53 9,21 1,84

10 53 kichik 14,88 2,97

Ikkinchi bosqichda changlar LM-2Ye markali tuyish qurilmasining (begun) laboratoriya modelida 5 daqiqa davomida tuyildi hamda RETSCH-DIN-ISO 3310/1 markali saralovchi laboratoriya elagida 5 daqiqa davomida 7 bosqichli saralashdan o'tkazildi. Elak setkalarining o'lchami 1, 3, 5, 10, 20, 40, 60 mkm gacha tanlandi (3.2-rasm).

67

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

i / К

Ф

m I —

3-Rasm. VM-1800 markali biologik mikraskopning umumiy ko'rinishi

Optik mikroskopiya usulida siklon qurilmasidan olingan chang na'munalari va tuyilgan chang na'munalarining har birini foto suratlari olindi (4 va 5-rasmlar). Chang namunalari o'lchamlarini aniqlash uchun masshtab sifatida soch tolasidan foydalanildi hamda foizlarda fraksiyalarga ajratildi. Soch tolasining o'rtacha median o'lchami 40 mkm.

Suratga olish VM-1800 markali biologik mikroskopda amalga oshirildi (3.6-rasm). Suratlarga ishlov berish kompyuter dasturi asosida bajarildi. Mikroskopning kattalashtirish darajasi 400 barobargacha bo'lib, chang namunalarining o'lchami 1^100 mkm oralig'idagi foizlari soch tolasi o'lchamiga taqqoslangan holda aniqlandi.

Chang. 100 Chang. 200 Paxta tolasi. marta marta 200 marta

4-rasm. Siklondan olingan chang va paxta tolasi na'munalarini mikroskopda ko'rinishi

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

400 marta kattalashtirilgan xolatda

5-rasm. Siklondan atmosferaga chiqarib yuborilayotgan changlarni mikroskopda ko'rinishi.

Laboratoriya tahlilaridan ko'rinadiki paxta xom ashyosidan chiqadigan chang organik va mineral fraksiyalardan iborat. Organik fraksiyalar buta yoki paxta chig'anoqlarining maydalangan zarralari va kichik qisqa paxta tolalaridan tashkil topgan [4].

Changning mineral ulushi paxta xom ashyosiga yig'im-terim paytida, uni tashish va saqlash vaqtida kiradigan tuproq, qum va boshqa aralashmalardan iborat.Texnologik jarayonning boshida paxta xom ashyosini tashish va begona o'tlardan tozalashda asosan mineral chang ajralib chiqadi va havoni ifloslantiradi, texnologik jarayonning oxirida, ayniqsa lintlash va preslash paytida organik changlar ajralib chiqadi. Paxta xomashyosining pnevmatik transport tizimining chiqindi havosida umumiy chang ulushining 10 dan 20% gacha organik va 80-90% mineral changlarni o'z ichiga oladi. Siklondan olingan chang na'munalarini elak va mikroskopiya tahliliga ko'ra 53mkm dan kichigi umumiy chang massasini 3% ni tashkil qilmoqda. Chang na'munalarini tuyilib elak va mikroskopiya usulida tahlil qilinganda esa10mkm dan kichik o'lchamli chang miqdori 51% ni tashkil qilmoqda. Bundan kelib chiqadiki siklonga kirayotgan chang ulushining 10 mkm dan kichik o'lchamlari tozalanmasdan chiqib ketadi.

Ho'l usulda chang tozalovchi qurilmalarni tozalash samaradorligi changlarning o'lchamlariga bog'liq bo'lib, bu o'lchamlar intervallari bo'yicha turli o'lchamlarga ega bo'ladi. Bu esa o'z navbatida changlarning o'lchamlariga bog'liq holda suyuqlik tomchilari bilan kontakt hosil qiluvchi solishtirma yuzalarini aniqlashda qiyinchiliklar tug'iladi.

Chang na'munalarini elakda saralash va mikroskopiya usulida aniqlangan laboratoriya tahlili natijalari kompyuter dasturi asosida qayta ishlanib, regressiya tenglamalari olindi va changlarning dispers o'lchamlari bo'yicha taqsimlanishiga bog'liq holda, ulushining o'zgarish grafigi qurildi. (6-rasm).

68

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

«/о

О 10 20 30 40 50 60

M км

6-rasm. Changlar namunalarining dispers tarkibiga bog'liq holda ulushini o'zgarish grafigi

Olingan regressiya tenglamalarini ko'rinishi quyidagicha:

y = 9,7178e0'051x R2 = 0,984773

Hisoblash ishlarida chang na'munalarini shar shaklida deb qabul qilamiz va yakka olingan changning nisbiy solishtirma (median) diametrlarini umumiy chang ulushini 50% ni tashkil qilgan gorizontal chiziq orqali aniqlaymiz (6-rasmga qarang). Bunda gorizontal chiziq bilan chang na'munalari uchun chizilgan grafikning kesishgan nuqtasidan vertikal chiziq o'tkazib, dn ni qiymatlar aniqlandi. Grafikdan ko'rinadiki chang na'munalarining median o'lchami dn=10 mkm ni tashkil qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Xomidov, Xushnudbek, Elmurod Rabbimov, and Dilnora Baxriddinova. "CALCULATION OF THE DISPLACEMENT OF THE OSCILLATING BEARING ACCORDING TO THE INTENSITY OF THE RADIAL PRESSURE." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2.17 (2023): 198-199.

2. Xomidov, Xushnudbek, Dilnora Bakhriddinova, and Sarvinoz Khusanova. "CALCULATION OF HEAT EXCHANGE IN DRYING DEVICES." Молодые ученые 1.5 (2023): 90-91.

3. Akmalkhonovich, Khamzaev Asrorkhon, Abdullayev Zakirjon Dzhorayevich, and Xomidov Xushnudbek Rafiqjon o'g'li. "CALCULATION OF OPERATING MODES OF CARDS TRANSFERS OF THE EXPERIMENTAL DIGGER FOR HARVESTING TOPINAMBUR." British Journal of Global Ecology and Sustainable Development 16 (2023): 121-126.

4. Xomidov, Xushnudbek, Dilnora Baxriddinova, and Sarvinoz Xusanova. "QATTIQ YOQILG'INI ISSIQLIK BERISH QOBILYATINI ANIQLASH." Наука и инновация 1.10 (2023): 159-162.

5. Adhamjon, Akbarov, and Nurmatov Sardor. "METHODOLOGY OF GRAPHIC COMPETENCE DEVELOPMENT OF FUTURE ENGINEERS BASED ON AN INNOVATIVE APPROACH." American Journal of Technology and Applied Sciences 7 (2022): 10-12.

6. Karimov, Ikromali, et al. "Barbotage absorbation apparatus." Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali 1.5 (2021): 35-41.

7. Эгамбердиев, Б. Э., and А. А. Акбаров. "Изучение профиля распределения никеля, имплантированного в кремний, и влияние отжига на структуру." Поверхность. Рентгеновские, синхротронные и нейтронные исследования 6 (2021): 80-84.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Egamberdievich, Egamberdiyev Bahrom, and Nurmatov NeSemiconductors. "Study Of Mechanisms Of Formation Of Silicides Of Cosi2 On Silicon Surface By Ion Implantation." Solid State Technology 63.6 (2020): 18640-18649.

9.Касимов, Ибрахим Иркинович, et al. "Исследование влияния напряженно-деформированного состояния трехслойных комбинированных пологих оболочек на их физико-механические характеристики." Журнал Технических исследований 3.2 (2020).

10.Дусматов, Абдурахим Дусматович, Ахаджон Урмонжонович Ахмедов, and Зокиржон Жураевич Абдуллаев. "Температурная задача двухслойных цилиндрических оболочек с композиционными защитными слоями." Scientific progress 2.7 (2021): 343-348.

11.Dusmatov, A. D. "Investigation of strength and stability of three-layer combined plates used in underground structures." Scientific-technical journal 22.2 (2019): 63-67.

69

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.