Научная статья на тему 'KIBERHUQUQ VA KIBERETIKA MADANIYATINING SHAKILLANTIRISHDA “KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI” FANINI O‘QITISHNING DOLZARBLIGI'

KIBERHUQUQ VA KIBERETIKA MADANIYATINING SHAKILLANTIRISHDA “KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI” FANINI O‘QITISHNING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
17
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamlashtirish / axborot tizimlari / kiberxavfsizlik / tahdid / kibermakon / metodika / kiberjinoyatchilik / kiberhuquq / kiberetika / kibermakon / internet / digitization / information systems / cyber security / threat / cyber space / methodology / cyber crime / cyber law / cyber ethics / cyber space / internet

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Muxtarov Farrux Muhammadovich

Ushbu maqolada talabalarda kiberhuquq va kiberetika madaniyatining shakillantirishda “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dolzarbligi raqamlashtirish jarayonlarida muhim shartlaridan biri ekanligi bayon qilingan. Bunday madaniyatlarni shakllantirishda “Kiberxavfsizlik asoslari” fanining o‘zlashtiriladigan mavzular ketma-ketligini to‘g‘ri belgilab olish, foydalaniladigan mavzu materiyallariga qo‘yiladigan talablar o‘rganib chiqilgan. Maqolada kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika atamalariga ta’riflar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE VALUE OF TEACHING "BASES OF CYBER SECURITY" IN FORMING CYBER LAW AND CYBER ETHICS CULTURE

In this article, it is stated that the importance of teaching the science of "Cybersecurity Fundamentals" in the formation of the culture of cyber law and cyber ethics in students is one of the important conditions in the digitization process. In the formation of such cultures, the correct determination of the sequence of subjects to be mastered in the science of "Cybersecurity Fundamentals", the requirements for the subject materials to be used have been studied. The article defines the terms cybercrime, cyberlaw and cyberethics.

Текст научной работы на тему «KIBERHUQUQ VA KIBERETIKA MADANIYATINING SHAKILLANTIRISHDA “KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI” FANINI O‘QITISHNING DOLZARBLIGI»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

KIBERHUQUQ VA KIBERETIKA MADANIYATINING SHAKILLANTIRISHDA "KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI" FANINI O'QITISHNING DOLZARBLIGI

Muxtarov Farrux Muhammadovich, TATU Farg'ona filiali dotsenti

Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda kiberhuquq va kiberetika madaniyatining shakillantirishda "Kiberxavfsizlik asoslari" fanini o'qitishning dolzarbligi raqamlashtirish jarayonlarida muhim shartlaridan biri ekanligi bayon qilingan. Bunday madaniyatlarni shakllantirishda "Kiberxavfsizlik asoslari" fanining o'zlashtiriladigan mavzular ketma-ketligini to'g'ri belgilab olish, foydalaniladigan mavzu materiyallariga qo'yiladigan talablar o'rganib chiqilgan. Maqolada kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika atamalariga ta'riflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, axborot tizimlari, kiberxavfsizlik, tahdid, kibermakon, metodika, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika, kibermakon, internet.

Kirish. Raqamlashtirish asrida barcha rivojlangan davlatlar qatori Respublikamizda ham shu sohada izchil islohatlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-noyabrdagi "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli farmoni asosan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi ishlab chiqilgan. Strategiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta'minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishdan iborat. Shuningdek strategiyada turli sohalar faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish maqsadida axborot boshqaruv tizimlarini ishlab chiqlishi nazarda tutilgan bo'lib, bunday tizimlar bosqichma-bosqich ishlab chiqilib, faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shu o'rinda yurtimizda raqamlashtirish jarayonlari milliy kibermakon tushunchasini ham kengaytirib bormoqda. Bularni barchasi davlatni rivojlantirish, xalqni qulay va sifatli hizmaltlar bilan ta'minlash, ortiqcha ovoragarchiliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi kunda birgina "Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali"da 591 ta xizmatlar faoliyati raqamlashtirilgan. Bundan tashqari har bir davlat va nodavlat tashkilotlarida ham

ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish faoliyatlari axborot tizimlari orqali raqamlashib bormoqda.

Ko'plab sohalarni raqamlashtirish jarayonlari o'z navbatida turli soha mutaxassislarini axborot texnologiyalari bo'yicha bilm va ko'nikmalarga ega bo'lishlarini taqazo etadi. Hech kimga sir emas yurtimizda yetuk kadrlar masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Asosiy muammo sohalarni raqamlashtirishda apparat-dasturiy vositalar orqali axborot tizimlarini ishlab chiqish emas, balki ishlab chiqlgan tizimlarni faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish sanaladi. Haligacha ishlab chiqilgan axborot tizimlarida faoliyat yuritishda hodimlarning kiber huquq va kiber etika madaniyati to'g'ri shakillanmagani bois turli muammolar uchrab turibdi. Bundan muammolarni bartaraf etish uchun kadrlarni tayyorlash muassasalarining barcha ta'lim yo'nalishlarida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan fanlarni o'qitish yechim sifatida qaraladi. Kadrlarni tayyorlashda raqamli texnologiyalarni bilishga asoslangan ta'lim berish kiberxavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan bilm, ko'nikmalarni ham o'ziga qamrab olish zarur. Chunki xar bir raqamlashgan soha o'zinig axborot tizimiga ta'luqli qimmatli axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlashni nazarda tutadi. Bu o'z navbatida axborotlarni konfidentsiyalligi, yaxlitligi, foydalanuvchanligi kabi tamoillarni ta'minlash vazifasini muhim jarayon

110

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

hisoblanadi. Agar bu tamoillarga amal qilinmasa axborot tizimlari va undagi axborotlar har qanday tashqi va ichki tahdidlarni qurboniga aylanishi tabiiy hol sanaladi. Shu boisdan yurtimizning ko'plab oliy ta'lim muassasalarida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari" ta'lim sohasi ta'lim yo'nalishlari o'quv rejasiga muofiq "Kiberxavfsizlik asoslari" fani majburiy fan sifatida o'qitiladi. Fanning asosiy maqsadi nafaqat texnik jihatdan kiberxavfsizlikni ta'minlashga balki talabalarda kiber huquq va kiber etika madaniyatining shakillantirishga qaratilgan. Talabalar fanni chuqur o'zlashtirishlari uchun yangi o'quv adabiyotlari yaratib kelinmoqda. Bunday adabiyotlarni qatoriga 2023-yilda chop etilgan "Kiberxavfsizlik asoslari" nomli darsligimni ham misol qilib keltirishimiz mumkun.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ushbu maqolani yozishda bir qancha mavzuga oid normativ qonuniy hujjatlar, adabiyotlar, ilmiy maqolalar o'rganib tahlil qilingan. Ularni orasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli o'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6079-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasining

"Kiberxavfsizlik to'g'risidagi" O'RQ-764-sonli Qonuni, my.uz.gov davlat xizmatlari portalining ma'lumotlari, F.M.Muxtarov (maqola muallifi)ning "Kiberxavfsizlik asoslari" nomli darsligi, S.K. Ganiyev, A.A. Ganiyev, Z.T. Xudoyqulovning "Kiberxavfsizlik asoslari" nomli o'quv qo'llanmasi, D.Tojimatovning "Kiberxavfsizlik: tahdilar, muammolar, yechimlar", "Kibertahdidlarni oldini olishda kiberrazvedka amaliyoti va uning ustuvor vazifalari" nomli, F.M.Muxtarov, M.Turdimatov, M.Mo'minovalarning "Umumiy o'rta ta'limga kiberxavfsizlik fanini tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari" nomli, F.Muxtarov (maqola muallifi)ning "Applying the science of cyber security to the educational process of higher education", "Цифровизация и цифровые технологии в образовании", "The power of cybersecurity education: defending against digital threats", "Improving the methodology of teaching the science of "Cybersecurity fundamentals" in the conditions of

ideological threats", "Обеспечение более безопасного цифрового будущего, важность образования в области кибербезопасности", "Применение практических заданий и проектов в обучении кибербезопасности: развитие практических навыков и применение знаний" nomli maqolalari tahlil qilingan va ulardan iqtiboslar keltirilgan.

Trend Micro nomidan Enterprise Strategy Group (ESG) tadqiqot firmasi tomonidan Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada va G'arbiy Yevropadagi o'rta va yirik kompaniyalarning 365 nafar kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassislari o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalari juda achinarli xulosalar keltirdi: kiberxavfsizlik hali hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Hisobot uchun ma'lumotlarni to'plash uchun 2020-yil 28 sentyabrdan 24 oktabrgacha Shimoliy Amerika (AQSh va Kanada) va G'arbiy Evropa (Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya)dagi xususiy va davlat sektori tashkilotlarining yuqori darajali biznes, kiberxavfsizlik va IT mutaxassislari o'rtasida keng qamrovli onlayn so'rov o'tkazildi. So'rovda ishtirok etish uchun respondentlardan tashkilot faoliyati va biznes strategiyasini amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik yoki ma'lumotga ega bo'lishi kerak edi. Barcha respondentlarga pul mukofotlari va/yoki naqd pul ekvivalentlari shaklida so'rovnomani to'ldirish uchun rag'batlantirish berildi. Malakasiz respondentlarni filtrlash, takroriy javoblarni olib tashlash va qolgan to'ldirilgan javoblarni tekshirishdan so'ng 365 ta yuqori lavozimli biznes rahbarlari, kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassislar va IT mutaxassislarining yakuniy namunasi olindi(1-rasm).

111

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

1-rasm. So'rovnoma respondentlarining soni, yoshi va tarmoqlar bo'yicha diagrammasi

So'rovda aniqlangan asosiy muammolar

• Aksariyat tashkilotlarda kiberxavfsizlik biznes bilan bog'liq bo'lmagan texnologiya sohasi yoki foyda keltirmaydigan foydasiz qog'oz parchalari toifasidan hisoblanadi.

• Kiberxavfsizlik minimal darajada moliyalashtiriladi, chunki menejment yaxshi xavfsizlik emas, balki "asosiy" xavfsizlik bilan kifoyalanadi.

• Xavfsizlikni boshqarish modellarini tanlashda CISO bilan nomuvofiqlik.

• So'nggi ikki yil ichida kiberxavflarning sezilarli o'sishi.

• Ko'pgina kompaniyalarda xavfsizlik bilan bog'liq jarayonlarning etuklik darajasi etarli emas.

• Axborot xavfsizligi va IT o'rtasida mas'uliyat va mas'uliyatning aniq taqsimlanishi yo'q.

Quyida ushbu ma'lumotlarning ba'zilarini batafsilroq ko'rib chiqaylik.

Ko'pchilikning fikricha, "Kiberxavfsizlik - bu foyda keltirmaydigan texnologik asboblar va qog'oz uyumlaridir". Respondentlarning ko'pchiligi (69%) kiberxavfsizlik hatto biznes muammolariga nisbatan bir oz yon bosgan holda texnologik soha ekanligiga ishonishadi(2-rasm).

2-rasm. Ishtirokchilarning kiberxavfsizlikga nisbatan xulosalari

Respondentlarning yana 11 foizi kiberxavfsizlik bu me'yoriy hujjatlar va me'yoriy talablarga rioya qilish bilan bog'liq faoliyat, ya'ni, aslida hech kimga kerak bo'lmagan byurokratik tartib-qoidalar va qog'ozbozlik, deb hisoblaydi.

Bu natija umidsizlikka sabab bo'ladi, chunki u biznes uchun kiberxavfsizlikning ahamiyatini sanoat miqyosida yetarlicha baholanmaganligini ko'rsatadi.

Axborot xavfsizligi uchun barcha mas'ul shaxslarga tanish bo'lgan yana bir holat: rahbariyat tartibga soluvchi talablar bilan bog'liq muammolarni hal qilishni moliyalashtirishga tayyor, ularga rioya qilmaslik jarimaga olib kelishi mumkin, ammo aks holda kiberxavfsizlikning "asosiy" darajasi yetarli deb hi soblaydi(3 -rasm).

112

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

3-rasm. diagrammasi

Tashkilotlar kibermadaniyati

Ushbu "minimalist" munosabatni bir nechta sohalarda ko'rish mumkin:

• Tashkilotlarning 41 foizi rahbariyatning kiberxavfsizlik holatini adolatli yoki o'rtachadan yomonroq deb baholagan;

• Tashkilotlarning 43 foizi kiberxavfsizlikni biznes jarayonlari va IT tashabbuslariga integratsiya qilishga tayyorligini maqbul yoki o'rtachadan yomonroq deb baholadi;

• kompaniyalarning 54 foizida barcha xodimlar qabul qilinadigan yoki o'rtacha kibergigienadan yomonroq;

• hatto kiberxavfsizlik bo'yicha texnik bo'lmagan rahbarlar ham kompaniyalarning atigi 29 foizida vaziyatni juda yaxshi deb baholadilar, bu yanada muhimroq.

CISO lar kiberxavflarni boshqarish uchun NIST Risk Management Framework (NIST 800-53), NIST Cybersecurity Framework va turli reyting xizmatlari kabi ko'plab tizimlar va standartlardan foydalanadi.

Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ko'plab CISOlar o'zlarining tashkilotlari uchun eng mos keladigan narsani tanlab, xavflarni boshqarish bo'yicha o'zlarining ko'rsatmalarini yaratish uchun o'zlarining sevimli standartlaridan foydalanadilar. Bu kompaniya voqeligiga moslashtirilgan kiberxavfsizlikni boshqarish tizimini yaratishga yordam beradi, lekin ayni paytda sizning ko'rsatkichlaringizni hamkasblaringiz yoki raqobatchilaringiz bilan solishtirishni qiyinlashtiradi: agar bitta kompaniyada oldini olingan kiberhujumlar soni asosiy ko'rsatkich sifatida tanlansa, boshqasida, masalan, qayta ishlangan SOC hodisalari sonini aytish mumkin(4-rasm).

4-rasm. Kiberxavflarni boshqarish uchun foydalaniladigan standartlar.

Muammo shundaki, axborot xavfsizligi bo'yicha menejer o'zgarganda, u orttirgan barcha tajriba u bilan birga ketadi va yangi odam deyarli noldan kiberxavfsizlikni boshqarish tizimini yaratishga kirishi shi kerak.

Natijalar. Kirish qismida takidlab o'tilganidek yurtimizda raqamlashtirish jarayonlari jadal rivojlanib boryapti. Bu o'z navbatida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari" sohasida kadrlarga talabni oshiradi. Kadrlarga qo'yiladigan talab esa ularni axborot texnologiyalari bo'yicha sohaviy bilimlarga ega bo'lisha va ularda kiber huquq va kiber etika madaniyatini shakllanganligi sanaladi.

5-rasm. Kiberhuquq va kiberetika madaniyatining shakllanganligi bo'yicha taqqoslama hayotiy tsikllar.

113

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

Kadrlarda kiber huquq va kiber etika madaniyatini shakllanishida "Kiberxavfsizlik asoslari" fani katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli fanni o'qitishda o'zlashtiriladigan mavzularni ketma-ketligi, ommaviyligi, yangiligi va o'qitish metodlari muhim omil sanaladi. "Kiberxavfsizlik asoslari" fanini o'qitishda ishlab chiqilgan "Kiberxavfsizlik asoslari" nomli darsligimizda mavzularni o'zaro bog'liqligiga qarab 5 ta asosiy boblarga bo'lib chiqilgan va boblarga mavzularni asosini tashkil etadigan qilib nom berilgan. Jumladan:

I-bob. Kiberxavfsizlikning asosiy tamoyillari;

II-bob. Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari;

III-bob. Foydalanishni nazoratlash;

IV-bob. Kompyuter tarmoqlarining asoslari;

V-bob. Tizimlarning umumiy arxitekturasi.

Darslikni o'qitish metodikasiga ko'ra har bir

bobda o'tiladigan mavzular talabalarga axborotlarni himoyalash, axborotlarni xavfsiz uzatish va saqlash kabi usullarni hamda kiberxavfsizlik sohasida xalqaro va yurtimizda ishlab chiqilgan normativ hujjatlarni bilish kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga va bevosita ularda kiberhuquq va kiberetika madaniyatini shakllanishiga qarab ishlab chiqilgan. Shu sababdan so'ngi mavzu nomi "Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika" deb nomlangan. Mavzu bo'yicha talabalar kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashish hamda kiberjinoyatchilik sodir etilganda kiberhuquq doirasida qonunda nazarda tutilgan javobgarliklar, kiberetika tushunchasi kabi muhim masalalarni o'rganadilar. Mavzuni o'rganishda quyidagi tariflarni bilish juda muhim sanaladi.

Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o'zgartirish, yo'q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta'minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig'indisi;

Kiberetika — kompyuterlar bilan bog'liq falsafiy soha bo'lib, foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga

dasturlashtirilganligi, umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganadigan, foydalanuvchining kibermakonda o'zining ahloqiy

harakatlarini namoyon qilishini belgilab beradigan harakatlar yig'indisi;

Kiberhuquq — kibermakonda axborotlardan foydalanishni qonuniylik darajalarini, intelektual mulk huquqini ta'minlashga qaratilgan, kiberjinoyatlarga qonunan javobgarlik muqarrarligini o'rgatadigan huquqiy bilmlar yig'indisi.

Bu uch omil haqida yetarlicha bilmga ega bo'lgan kadrlar o'z axborot tizimlarida ishlashda qolaversa butun internet xalqaro tarmog'idagi faoliyatlarida turli tahdidli vaziyatlarga tushib qolmaslik imunitetiga ega bo'ladilar va o'z faoliyatlarida barqarorlikni ta'minlanishiga erishadilar.

Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak raqamlashtirish asrida huddi ijtimoiy hayotdagi kabi inson erkin yashashi uchun umuminsoniy belgilab qo'yilgan mezonlarlarga amal qilishi zarur bo'lganidek kibermakonda ham erkin faoliyat yuritish va o'zini hamda axboriy mulkini xavfsiz bo'lishi uchun ularda kiberhuquq va kiberetika madaniyatlarini shakllantirish muhim omillar sanaladi. Bunday madaniyatlarni shakllantirishda ta'lim muassasalarida "Kiberxavfsizlik asoslari" kabi bazaviy va fundamental bilm olishga asoslangan fanlarni o'qitish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida "Kiberxavfsizlik asoslari" fani va unda o'rganiladigan mavzular talabalarda kiberhuquq va kiberetika madaniyatini shakllantirishga hizmat qilishi haqida ma'lumotlar berib o'tilgan. Hususan fanni o'zlashtirgan talabalar kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika tushunchalarini mazmun mohiyatini to'g'ri anglashi va virtual reallikda ularga amal qilishi barcha jabhalarda barqaror faoliyatini ta'minlashiga xizmat qilishi aytib o'tilgan. Shuningdek maqolada "Kiberxavfsizlik asoslari" fanini o'qitishda "Kiberxavfsizli asoslari" nomli darsligi va qo'llanilgan o'qitish metodikasi haqida axborot berib o'tilgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

[1]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli o'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-

114

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

PF-6079-sonli Farmoni.

Respublikasining O'RQ-764-sonli

tadbirlari to'g'risidagi 05.10.2020

[2]. O'zbekiston "Kiberxavfsizlik to'g'risidagi' Qonuni. 15.04.2022

[3]. F.M.Muxtarov., "Kiberxavfsizlik asoslari" Darslik. Farg'ona 2023. 339 bet.

[4]. S.K. Ganiyev, A.A. Ganiyev, Z.T. Xudoyqulov., "Kiberxavfsizlik asoslari" O'quv qo'llanma. Toshkent 2020. 303 bet.

[5]. Tojimatov, D. X. (2022). Kiberxavfsizlik: tahdilar, muammolar, yechimlar,". Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida zamonaviy muammolar va yechimlar" Respublika Ilmiy-texnik anjumani TATU Farg 'ona filiali.

[6] Tojimatov, D. X. (2023). KIBERTAHDIDLARNI OLDINI OLISHDA KIBERRAZVEDKA AMALIYOTI VA UNING USTUVOR VAZIFALARI. Al-Farg'oniy avlodlari, 1(4), 82-85.

[7]. Muxtarov, F., Turdimatov, M., & Mominova, M. (2023). Umumiy o'rta ta'limga kiberxavfsizlik fanini tizimli isloh qilishning ustuvor yo 'nalishlari. Engineering problems and innovations.

[8]. Mukhtarov, F. (2023). APPLYING THE SCIENCE OF CYBER SECURITY TO THE EDUCATIONAL PROCESS OF HIGHER EDUCATION. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(9), 72-78.

[9]. Мухтаров, Ф. (2023). ЦИФРОВИЗАЦИЯ И ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ. Development of pedagogical technologies in modern sciences, 2(12), 32-39.

[10]. Mukhtarov, F. M. (2023). THE POWER OF CYBERSECURITY EDUCATION: DEFENDING AGAINST DIGITAL THREATS. GOLDEN BRAIN, 1(26), 63-66.

[11]. Mukhtarov, F. (2023). IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING THE SCIENCE OF" CYBERSECURITY FUNDAMENTALS" IN THE CONDITIONS OF IDEOLOGICAL THREATS. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(9), 38-44.

[12]. Мухтаров, Ф. (2023). Обеспечение более безопасного цифрового будущего, важность образования в области кибербезопасности. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 4649.

[13]. Мухтаров, Ф. (2023, November). ПРИМЕНЕНИЕ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАДАНИЙ И ПРОЕКТОВ В ОБУЧЕНИИ КИБЕРБЕЗОПАСНОСТИ: РАЗВИТИЕ ПРАКТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ И ПРИМЕНЕНИЕ ЗНАНИЙ. In Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions".

[14]. Trend Micro - Cybersecurity in the C-Suite and Boardroom -https://resources.trendmicro.com/WBN-ESG-Cybersecurity-Boardroom.html

115

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.