Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUTAXASISILIK FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIALI MOBIL ILOVADANDAN FOYDALANISHNING STATISTIK TAHLILI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUTAXASISILIK FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIALI MOBIL ILOVADANDAN FOYDALANISHNING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
36
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mobil texnologiyalar / ta’lim jarayoni / dasturlash tillari / mobile technologies / educational process / programming languages

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Rasulova Feruzaxon Xoshimjon qizi, Isroilov Sharobiddin Mahammadyusufovich

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida mobil texnologiyalardan foydalanib o‘qitishning ahamiyati, multimedia bilan boyitilgan mobil texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishi, mobil ilovalar yaratuvchi dasturlash tillari reytingi muhokama qilingan. Hamda oliy ta’lim muassasalari ta’lim mobil texnologiyalardan foydalanib o‘qitilganda ta’lim samaradorligi oshishi statistikasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL ANALYSIS OF USE OF MULTIMEDIA MOBILE APPLICATION IN TEACHING SPECIALISTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

This article discusses the importance of teaching using mobile technologies in higher education institutions, how multimedia-enriched mobile technologies increase educational efficiency, and the rating of programming languages that create mobile applications. Statistics of the increase in educational efficiency when higher educational institutions are taught using mobile technologies are also presented.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUTAXASISILIK FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIALI MOBIL ILOVADANDAN FOYDALANISHNING STATISTIK TAHLILI»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA MUTAXASISILIK FANLARINI O'QITISHDA MULTIMEDIALI MOBIL ILOVADANDAN FOYDALANISHNING STATISTIK TAHLILI

Rasulova Feruzaxon Xoshimjon qizi,

Qo'qon davlat pedagogika instituti, "Informatika" kafedrasi

o'qituvchisi, rasulovaferuza9496@gmail.com

Isroilov Sharobiddin Mahammadyusufovich,

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali, "Axborot ta'lim texnologiyalari" kafedrasi

o'qituvchisi.

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida mobil texnologiyalardan foydalanib o'qitishning ahamiyati, multimedia bilan boyitilgan mobil texnologiyalar ta'lim samaradorligini oshirishi, mobil ilovalar yaratuvchi dasturlash tillari reytingi muhokama qilingan. Hamda oliy ta'lim muassasalari ta'lim mobil texnologiyalardan foydalanib o'qitilganda ta'lim samaradorligi oshishi statistikasi keltirilgan.

|| Kalit so'zlar: mobil texnologiyalar, ta'lim jarayoni, dasturlash tillari.

Kirish. Kompyuter texnologiyalarini hayotimizning har bir sohasiga kirib kelishi ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda sifat va samaradorlikni oshishiga olib keldi, ayniqsa ta'lim sohasida. IT texnologiyalaridan foydalangan holda o'quv jarayonini takomillashtirish bugungi kunda butun dunyoda ommalashib bormoqda. Shuningdek, Mobil texnologiyalarning jadal rivojlanishi ularning ta'lim jarayoniga yanada kengroq jalb etilishini ta'minlamoqda.[1] Kompyuter yordamida o'qitish masalalari ko'plab olimlarni: pedagoglarni va IT mutaxassislarini qiziqtiradi. Iqtisodiyot bozorida mutaxassislarning raqobatbardoshligi ko'p jihatdan ularning bilim sifatiga bog'liq. Inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida axborot texnologiyalarining joriy etilishi turli profildagi mutaxassislar uchun zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashga yangi talablarni qo'ydi. Hozirgi vaqtda kompyuterlar nafaqat fan va kasbiy faoliyat uchun zarur vositaga aylandi, balki ta'lim yoki kasbiy mahoratni oshirish uchun tobora ko'proq foydalanilmoqda[4].

Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonida talabalarni tayyorlash va bilimlarini tekshirishni tashkil etish bo'yicha turli kompyuterlashtirilgan tizimlar va dasturlardan foydalaniladi:

- kompyuterlashtirilgan o'quv tizimlari (masalan, Atutor, Claroline, Moodle);

kompyuterlashtirilgan bilimlarni tekshirish tizimlari (masalan, avtomatlashtirilgan vazifalarni boshqarish tizimi, WebTest);

- modellashtirish tizimlari;

- o'quv o'yinlari[2].

Materiallar va uslublar. Mutaxassislarni ta'lim va kasbiy tayyorlashda mobil ta'lim (m-learning) muhim o'rin tutadi. Mobil texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta'lim sifatini oshirish maqsadida ularning o'quv jarayoniga yanada integratsiyalashuvini ta'minlaydi. Dunyo davlatlaridagi bir qancha ta'lim muassasalari allaqachon mobil texnologiyalardan foydalanib, multimediali o'quv veb-resurslarini (audio va video fayllar, xaritalar, tasvirlar) yaratib, o'quv saytlari, resurslari va lug'atlariga tezkor kirishni ta'minlamoqda.

Keling siz bilan shunday ilova, sayt, resurslar yaratuvchi eng mashhur va top 15 talikka kirgan dasturlash tillari bilan tanishib chiqaylik. Indeks dasturlash ko'nikmalaringiz hali ham dolzarbligini tekshirish yoki yangi dasturiy ta'minot tizimini yaratishni boshlashda qaysi dasturlash tilini qabul qilish kerakligi haqida strategik qaror qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin[3].(1-jadval)

277

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

Nov 2023 Nov 2022 O' zgarish Dasturlash tili Reyting O' zgarish

1 1 Python 14.16% -3.02%

2 2 © C 11.77% -3.31%

3 4 A Э C++ 10.36% -0.39%

4 3 V á> Java 8.35% -3.63%

5 5 © C# 7.65% +3.40%

6 7 A JS JavaScript 3.21% +0.47%

7 10 Л php PHP 2.30% +0.61%

8 6 V O Visual Basic 2.10% -2.01%

9 9 SQL 1.88% +0.07%

10 8 V Assembly language 1.35% -0.83%

11 17 Ä Scratch 1.31% +0.43%

12 24 Q Fortran 1.30% +0.74%

13 11 V Go 1.19% +0.05%

14 15 ¿V MATLAB 1.15% +0.14%

15 28 & o Kotlin 1.15% +0.68%

1-jadval. TIOBE indeksi.

Yuqorida sanab o'tilgan dasturlash tillarining har birini o'ziga yarasha imkoniyatlari, kamchiliklari bor. Ilova va resurslar yaratish jarayonida dasturchi kerakli dasturlash tilini uning imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi. Bugungi kunda Python reytingda birinchi o'rinlarda turishiga sabab, u bir nechta operatsion tizimlar va qurilmalarda ishlatilishi mumkin bo'lgan o'zaro platforma ilovalarini yaratish uchun ishlatiladi. Python, shuningdek, bir vaqtning o'zida bir nechta so'rovlarni boshqarishni osonlashtiradigan ko'p tarmoqlini qo'llab-quvvatlaydi. Python sintaksisi soda va tushunarli, bu yangi boshlanuvchilar uchun tilni o'rganishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, u juda ko'p jamoatchilik yordamiga ega, shuning uchun siz

ilovani ishlab chiqish jarayonida paydo bo'ladigan ko'plab savollarga javob topishingiz mumkin.

Tahlillar. Mobil ta'lim o'z muammolari bilan birga keladi. Texnik muammolar:

- ulanishga kirish;

- mobil qurilmalarning qisqa batareya muddati;

- ekran va kl avi atura o'lchami;

- axborot uzatish qobiliyati;

- ma'lum bir qurilma tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan fayl formatlari soni;

- tarkibni himoya qilish;

- bir nechta standartlar va operatsion tizimlar;

- mavjud ta'lim o'quv materiallarini mobil platformalar uchun konvertatsiya qilish.

Ijtimoiy va ta'lim muammolari:

- oxirgi foydalanuvchilar uchun mobil qurilmalarning mavjudligi va narxi;

- kontent xavfsizligi yoki qaroqchilik bilan bog'liq muammolar;

- qurilma modellari, texnologiyalari va funksionalligining tez-tez o'zgarishi;

- mobil yosh uchun mos ta'lim nazariyasini ishlab chiqish;

- e-learning va m-learning o'rtasidagi kontseptual farqlar;

- umrbod ta'limni qo'llab-quvvatlash uchun texnologiyani loyihalash.

Mobil texnologiya o'quv natijalarini baholash jarayonini tezlashtiradi va o'quvchilar va o'qituvchilarga taraqqiyotni tez kuzatish imkoniyatini beradi. Ilgari talabalar o'z bilimlariga asoslangan tavsiyalarni bir necha kun, hatto haftalar kutishlari kerak edi. Endi mobil qurilmalarning interaktiv funksiyalari tufayli javobni deyarli bir zumda olish mumkin. Bu talabalarga o'quv jarayonidagi muammolarni tezda aniqlash va asosiy tushunchalarni takrorlash imkonini beradi.

Mobil texnologiyalardan foydalanish o'qituvchilarning ish samaradorligini oshiradi -baholash ma'lumotlarini taqsimlash, to'plash, tahlil qilish va hujjatlashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish. Shunday qilib, mobil ilovalar mavjud bo'lib, ular o'qituvchilarga o'quvchilarning bilimlarini tezkor baholash, matnlarni o'qish bo'yicha bajarilgan topshiriqlarini tekshirish imkonini beradi.

278

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

Odatda, bu ilovalar turli xil operatsion tizimlar bilan ishlaydi, shunda talaba nazorat savollariga ta'lim muassasasi taqdim etgan qurilmadan emas, balki o'zining mobil qurilmasidan javob bera oladi. Nazorat ishlarini baholash bir zumda amalga oshiriladi va agar kerak bo'lsa, jurnalda, kundalikda yoki daftarda aks ettiriladi. Shunday qilib, qog'oz kundaliklari yoki ma'lumotni qo'lda kiritish asta-sekin o'tmishga aylanadi[5]. YuNESKO loyihasida mobil telefonlardan foydalanilgunga qadar, savodxonlik olgan qizlarning atigi 28 foizi imtihonda a'lo baho olgan. Mobil aloqadan foydalanish eng yuqori ball olgan talabalar sonini 60% dan ko'proqqa oshirdi [5]. M-learning dunyoning istalgan nuqtasidan talaba uchun ma'lumot yetkazib berishi mumkin.

Natijalar. Multimedia vositalaridan foydalanish orqali ta'lim samaradorligi 20-30% ga oshadi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda Oliy ta'lim muassasalarida "Kompyuter ta'minoti fanidan" elektron multimediali o'quv qo'llanma yaratdik va tajriba sinov ishlarini olib bordik. Tajriba sinov ishlari orqali biz ta'lim samaradorligini ortishiga erishdik.

Qo'qon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetii "Informatika o'qitish metodikasi" yo'nalishi guruhlarida tajriba-sinov tashkil qilindi. Bu guruhlarda darslar ikki xil metodika asosida o'tkazildi. 2-kurs 204- 206 guruhlari "Kompyuter grafikasi va Web-dizayn" fanidan tajriba-sinov va nazorat guruhlari tanlab olindi. Tajriba-sinov guruhlarida mashg'ulotlar yaratilgan maqsadli loyiha asosida, nazorat guruhlarida esa an'anaviy metodika bilan olib borildi. Tajriba-sinov guruhlarida kompyuter texnik vositalari, videoproektor yordamida ma'ruza, seminar darslarini va laboratoriya mashg'ulotlarida "mobil ilova" loyihasini qo'llab o'quv mashg'ulotlari o'tildi. Nazorat guruhlarida esa seminar va laboratoriya ishlari an'anaviy metodika bo'yicha olib borildi. Tajriba sinov jarayonida 2-kurs talabalaridan fanini o'qitish mazmuni, o'rganish shart-sharoitlari, metodlari tanlanib, savol-javob, pedagogik kuzatish natijalari, o'quvchilarni bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari jamlandi.

Tadqiqotni amalga oshirish dasturimizga binoan talabalarda kompyuter grafikasi va web-dizayn fanidan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllanganlik statistik tavsifini tuzish ko'zda tutilgan edi. Bu OTMda

kompyuter grafikasi va web-dizayn fanini o'qitish bo'yicha innovatsion texnologiyalaridan foydalanish samarali ekanligini baholash imkonini beradi.

Tadqiqot mavzusi yuzasidan shakllantiruvchi pedagogik tajriba-sinov ishlarining talabalar bilim darajasini tajriba va nazorat guruhlarida aniqlash hamda qiyosiy tahlil qilish bosqichi 2022-2023 o'quv yili mobaynida amalga oshirildi. Jami 48 nafar talaba qatnashdi.

Ilmiy tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati nazariy g'oyalarning amaliy faoliyatdagi samaradorlik darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, samarali yo'llari, metod hamda vositalarini aniqlash, tajriba-sinov bosqichlarini belgilash va ular o'rtasida izchillik hamda uzviylikning qaror topishini ta'minlash muhim vazifalardan biridir.

Pedagogik tadqiqotlarlarda faraz sifatida nazorat sinflarida olib borilgan an'anaviy metodika asosida olingan natijalar tajriba guruhlarida olib borilgan innovatsion texnologiyasi asosida olingan natijalar bilan taqqoslanib, tajriba guruhlaridagi olingan natijalarning samarli ekanligi ko'rsatiladi. Shuning uchun ham, biz tajriba-sinov ishlariga tanlangan farazning to'g'riligini tekshirish maqsadida matematik-statistika usullaridan foydalandik. Eksperimental natijalarni qayta ishlash uchun matematik statistik usullardan foydalanildi.

Tajriba va nazorat guruhlarining o'zlashtirishlarini taqqoslash maqsadida guruhlarda

o'zlashtirish bahosining o'rtacha qiymati X = —

deb olindi. Bu yerda xi - o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho qiymati) bo'lib, ular 2, 3, 4, 5 qiymatlar qabul qiladi. mj - baholarning takrorlanishlar soni, N -tajribada ishtirok etayotgan talabalar soni.

O'quv jarayonini samaradorligini baholovchi o'rtacha qiymat tajriba va nazorat guruhlari baholarini o'rtacha arifmetik qiymatlarini nisbatidir, ya'ni

samaradorlik koeffisenti rç = ff

Tajriba va nazorat guruhlaridagi o'rtacha

qiymat:

279

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

_ 1

= — [9 * 5 + 11 * 4 + 8 * 3] 28

1 ч 113

= — (45 + 44 + 24) =-= 4.03

28 28

_ 1 1

Хя= — [5*5 + 11*4+12*3] = —(25 + 28 28

44 + 36) = 105 = 3.75 28

Samaradorlik koeffisenti:

4.03

л =-= 1.07

' 3.75

Nazorat ishi natijalariga ko'ra olingan natijalar quyidagi 2-jadvalda keltirildi.

Ta'li

m muass asa Guruh lar Tala balar soni 5 baho 4 bah o 3 baho 2 baho O'rtacha qiymat

nomi

204 28 9 11 8 0 9

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

QDPI 206 28 5 11 12 0 5

2-jadval. Natijalar.

Ushbu natijalarga ko'ra statistik hisobotlar olindi. Biz olib borgan metodika nazorat guruhlarida olib borilgan metodikadan samarali ekanligi statistik usullar orqali tasdiqlandi.

Olingan natijalarning tahlili shuni ko'rsatdiki, ta'limda sifat samaradorligi eksperimental guruhda nazorat guruhiga nisbatan 57 % dan 67 % ga oshdi (3.1-diagramma).

60 so

40

30 20 10 О

67

57

11 11 12 8 ж

^ 5 ^^H 0 0

samaradorligi

I Tajriba guruhi ■ Nazorat guruhi

1-diagramma. Sifat samaradorligi.

Xulosa. Hozirda maktablar, kitoblar va kompyuterlar yetishmaydigan joylarda ham mobil texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Mobil telefonlar narxi doimiy ravishda pasayib bormoqda, shuning uchun ko'p odamlar, hatto eng qashshoq hududlarda ham bunday qurilmalarni sotib olish va ulardan qanday foydalanishni bilish imkoniyatiga ega. Ko'payib borayotgan loyihalar mobil texnologiyalar sifatli ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan talabalar uchun ajoyib o'quv vositasi ekanligini ko'rsatmoqda. Shunday qilib, Mobil texnologiya o'quv natijalarini baholash jarayonini tezlashtiradi va o'quvchilar va o'qituvchilarga taraqqiyotni tez kuzatish imkoniyatini beradi. O'tkazilgan statistikalar va kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, mobil ilovalarni ta'lim jarayonoda qo'llash ta'limda sifat va samaradorlikni oshishiga ilib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Spalvins, A., Slangens, J., Läce, I., Aleksäns, O., Krauklis, K., Skibelis, V., Levina, N., Macäns, A.: Hydrogeological Model of Latvia, First Results. Boundary Field Problems and Computer Simulation. 51, 4-12 (2012). ISSN 2255-9124. e-ISSN 2255-9132.

2. Kirci, P., Kahraman, M. O.: Game based education with android mobile device. In: 6th International Conference on Modeling, Simulation, and Applied Op

3. https://www.tiobe.com/tiobe-index/

4. https://interonconf.org/index.php/pol/article/vi ew/3171

5. UNESCO Policy Guidelines for Mobile Learning,

http://iite.unesco.org/pics/publications/ru/files/ 3214738.pdf, last accessed 2018/08/25.

Yuqoridagi diagrammadan ko'rinib turibdiki, biz olib borgan ishlar natijasiga ko'ra tajriba guruhida olib borilgan tadqiqot ishlari samarali natija berdi. Tajriba guruhi ntijalari nazorat guruhiga nisbatan o'rtacha 1.07 ga oshgan, ya'ni samaradorlik ko'rsatkichi 7% ga yuqori ekanligi statistik usullar yordamida isbotlandi.

280

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.